200–1000 m² ofisda eng ko‘p xato: devor splitlari «o‘rmoni» yoki multi-split yetadigan joyga VRF. Bu brend emas — fasad, elektr, turli grafikdagi zonalar va +40°C da kim xizmat qiladi.
Multi-split: bitta tashqi, bir nechta ichki, kichik maydonda arzonroq. Cheklov: trassa uzunligi va blok soni, ko‘p zona fasadni to‘ldiradi.
VRF/VRV: bir-ikki tashqi stansiya, ko‘p ichki, toza fasad, qisman yukda yaxshi. Loyiha va ishga tushirish qimmatroq. Kabinet, muzokara va open-space turli rejimda yashasa oqlanadi.
Taxminan: 150–200 m² oddiy reja — multi-split. 400–1000 m², bir nechta qavat yoki fasadni tekkizmaslik — VRF. Aniq tanlov yuklama va trassadan keyin.
Aurum Prodest ikkala variantni bitta ob‘ektda hisoblaydi. Telegram @V_Sergey1980, +998 93 389 58 59. Kafolat 5 yilgacha.